So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Ro'zimboyga ishonch bildirish kerak edi...
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 9045
O'zbek futbolida o'sha Ronaldino, Rivaldo, Ronaldo, Ronaldu, Zidan, Ouen, Messi va Modrich kabi yulduzlar ham qayd etolmagan natijaga erishgan bir yigit bor - bu Ro'zimboy Ahmedov. Ha, xuddi shunday. Bilasiz, 2008-2009 yillarda «Bunyodkor» butun Osiyoda shov-shuv ko'targandi. Axir «Oltin to'p» sohibi va jahon chempioni - Rivaldo, taniqli murabbiylar - Ziko hamda Luiz Felipe Skolari Toshkentga kelishgandi.
Ro'zimboy esa o'sha vaqt «Xorazm» klubida to'p surardi va u 22 yoshida Osiyo futbolini zir titratgan «Bunyodkor» darvozasini ishg'ol qilgan. Shuningdek, Odil Ahmedov va Aleksandr Geynrix kabi futbolchilarga ega «Paxtakor» bilan o'yinda ham gol urgandi. Qisqasi, Ro'zimboyning o'ziga xos natijasi shuki, u 22 yoshida jahon chempioni sanalgan murabbiy (Skolari) va futbolchi (Rivaldo) jamoasiga qarshi bahsda gol urdi.
Menimcha, Ro'zimboy Ahmedovni o'shandayoq milliy jamoaga jalb etib, «pishitib» borish kerak edi. Afsuski, u vaqtida chaqiruv olmadi. Deylik, 2009 yildan buyon MTJda ko'plab hujumchilarga imkoniyat berildi, lekin hech biri chin goleador rolini bajarolmadi.
To'g'ri, birgina Geynrix nisbatan yaxshi o'ynadi. Ehtimolki, Ro'zimboyga vaqtida e'tibor qaratilganida, u Maksim Shatskix darajasidagi hujumchiga aylanarmidi? Biroq na Vadim Abramov va Mirjalol Qosimov, na Samvel Babayan iqtidorli yigitga imkon berdi. Vaholanki, milliy jamoada 2 yil davomida umuman gol urmagan hujumchilarni ham ko'rdik.
Tan olaylik, Server Jeparov, Odil Ahmedov, Temur Kapadze, Aziz Haydarov, Sanjar Tursunov markazda talab darajasida o'ynashganida, bizga kuchli hujumchi etishmadi. Nima demoqchiman, murabbiylarimizda yosh iqtidorlarga ishonish, ularni toblash xislati yo'q. Menimcha, Ro'zimboy Ahmedov hali ham o'z iqtidorini to'liq ochmagan. Unga milliy jamoada bir bora imkoniyat berib ko'rish kerakdir, balki. Shaxsan men bu futbolchining OK-2019da jamoamizga naf keltira olishiga ishonaman.