Frantsiya chempionati iyun oyida ham boshlanmasligi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 226
Frantsiya chempionati iyul oyida qayta davom ettirilishi mumkin. Mamlakat prezidenti Emmanuel Makron karantin bilan bog'liq cheklovlar qachongacha davom etishini ma'lum qildi.
«Hozircha epidemiyani jilovlay olmadik. Qat'iy cheklovlar 11 mayga qadar saqlanib qolinadi. Shundan so'ng bolalar bog'chalari, maktablar va ishxonalar reja asosida asta-sekin ochiladi.
Kafe, restoran, bar, kinoteatr va teatr, kontsert zallari va muzeylar yopiqligicha qoladi. Birorta ommaviy tadbir iyul oyidan avval o'tkazilishi mumkin emas», — dedi Makron.
Avvalroq Frantsiya professional futbol ligasi mavsumni 3 yoki 17 iyun kuni davom ettirishi mumkinligi haqida xabar tarqalgan edi.
Eslatib o'tamiz, Frantsiya Liga-1ning ushbu mavsum yakunlanishiga 10ta tur qoldi.