Evromavsumni yakunlash formati tobora aniqlanib bormoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 192
UEFA va Evropa klublari assotsiatsiyasi qit'ada futbol mavsumini yakunlash borasida bir to'xtamga kelishdi.
"Cadena SER" tarqatgan xabarga ko'ra, har bir milliy chempionat imkon bo'lishi bilan mavsumni qayta boshlashni ko'zlamoqda. Jumladan, Bundesliga may oyida, qolgan chempionatlar esa iyun oyida boshlashni rejalashtirishmoqda. Barcha uchrashuvlar muxlislarsiz o'tkaziladi.
Chempionlar ligasi va Evropa ligasi o'yinlari esa milliy chempionatlar yakunlanganidan keyin o'tkaziladi. Bundan tashqari, chorak final va yarim final bosqichi bitta o'yindan iborat bo'ladi va ular betaraf maydonda o'tkaziladi. Shu yo'l bilan evrokuboklar ikki hafta ichida yakunlanadi.
2020/2021 yilgi mavsum esa 3 haftalik tanaffusdan keyin sentyabr oyida boshlanishi kerak.