Frantsiya chempionati qachon davom ettirilishi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 289
Frantsuz futboli rahbariyati koronavirus pandemiyasi tufayli to'xtatib qo'yilgan milliy chempionatni davom ettirish to'g'risida qaror qabul qildi.
Dastlab, 1-liga va 2-ligadagi musobaqalarni 3 iyun kuni qayta boshlash kerak edi, ammo jamoalarni tayyorlash uchun bir oy vaqt ajratilishi kerakligi sababli muddat uzaytirildi — 17 iyun — 2 avgust. Shunday qilib, futbolchilar taxminan har uch kunda bir marta maydonga tushishadi va avgust oyida Evropa chempionatlari ishtirokchilariga yozning so'nggida bo'lib o'tadigan Chempionlar Ligasi va Evropa Ligasida o'ynashlariga xalal berilmasligi kerak.
Shuningdek, Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron ommaviy tadbirlarni iyul oyining o'rtalariga qadar taqiqlab qo'ygani ma'lum bo'ldi.