Levandovski Italiyada o'ynashi mumkin edi, agar...
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 331
"Jenoa" klubining sobiq sport direktori Stefano Kapozukka hujumchi Robert Levandovskining (2010) muvaffaqiyatsiz transferi tafsilotlari bilan o'rtoqlashdi.
"Levandovskining jamoaga o'tishi 2010 yilda kelishilgan edi, — dedi Kapozukka. — Jan Pero Gasperini uni yaxshi bilardi. Robert tibbiy ko'rikdan o'tishi kerak bo'lgan, ammo klub prezidenti muzokaralarni davom ettirishdan bosh tortgan.
31 yoshli Levandovski "Borussiya" va "Bavariya" safida 303 ta gol urgan dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!