"Milan" nega Ronalduni sotib olmagan?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 403

"Milan"ning sobiq rahbari Adriano Galliani armonga aylangan xaridlar haqida gapirdi.
Galliani "Milan"da Krishtianu Ronaldu va Franchesko Totti bilan shartnoma imzolash imkoniyati bo'lganini tan oldi.
"Teves kelishi kerak edi, lekin bunday bo'lmadi. Keyin Del Peroni sotib olishga urindik, u paytda «Yuventus»ga o'tmagan edi. Afsuski, bu ham amalga oshmadi. "Padova" besh milliard lira xohlagandi. Bizga qat'iyat etishmadi.
Ronaldu bilan ham xuddi shunday vaziyat bo'lgan. "Sporting" taxminan 16 yoki 17 milliard lira talab qildi. U o'sha paytda atigi 16 yoshda edi.
Tottini sotib olishga ham uringanmiz, ammo u "Roma"dan ketishni istamadi", — dedi Galliani.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
229