Sancho «MYu»ga o'tishi mumkinligiga sha'ma qildi (foto)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 385
Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Jeydon Sancho Instagramdagi sahifasi orqali "Manchester Yunayted"ga o'tishi mumkinligiga ishora qildi.
Obunachalardan biri unga "Agar "Manchester Yunayted"ga o'tadigan bo'lsang, bir qultum suv ich", deya yozdi. Bunga javoban futbolchi videolavhada suv icha boshladi.
Matbuotda tarqalgan xabarga ko'ra, angliyalik futbolchining transferi "MYu" uchun 100 million evroga tushadi.
Avvalroq futbolchining o'zi ham Angliya chempionatiga ko'chib o'tishga qarshi emasligi haqida xabar tarqatgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!