O'zbekiston olimpiya terma jamoasi nazorat uchrashuvida durang qayd etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 21842
O'zbekiston olimpiya terma jamoasi shu kunlarda Turkiyaning Antaliya shahrida o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazayotgani haqida xabar berib o'tgandik. Mazkur yig'in davomida bir qator nazorat uchrashuvlari ham o'tkazish rejalashtirilgandi. Jumladan, bugun O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Antaliyada Ozarbayjonning "Keshla" klubiga qarshi nazorat o'yinida maydonga tushdi. Uchrashuv 0:0 hisobidagi durang bilan yakuniga etdi. O'yin davomida murabbiylar shtabi tarkibdagi barcha futbolchilarni sinovdat o'tkazishga harakat qilishdi. Turli o'yin uslublarini maydonda qo'llab ko'rishdi. Mazkur nazorat o'yinlari orqali murabbiylar shtabi terma jamoa asosini shakllantirib borishadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!