Davron Fayziev: "Yaralangan qo'sh qayta ucholmadi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 245

1987 yilda Marko van Basten Ayaks klubidan Milanga yo'l oladi.
O'sha vaqtdagi Milan prezidenti Silvio Berluskoni u haqda shunday degandi:
“Van Bastenning 36 ta goli yozilgan videokassetani ko'rayotganimda, 14 chi golga kelib to'xtadim. Tushundimki, Markoni tezroq xarid qilmasak, boshqalar ilib ketishi mumkin”.
31 yoshida Marko van Basten og'ir jaroxat olib, sinib qoladi va faoliyatini tugatadi.
Shu vaqtga qadar esa u fantastik natijalar qayd etishga ulguradi:
- Gollandiyani 1988 yil Evropa chempioni qiladi va turnir to'purariga aylanadi.
- 2 bor Gollandiya, 4 bor Italiya chempioni.
- 2 bor Evropa Chempionlar kubogi (hozirgi ChL) g'olibi.
- 3 karra “Oltin to'p” sohibi.
Ko'p mutaxassislar hozirgacha - agar ushbu uchar gollandning qanoti sinmaganda u yanada yuqori parvoz etishi, bir necha bor Oltin to'pni qo'lga kiritishi mumkin edi, deyishadi. Kim bilsin, futbolda “agar” so'ziga o'rin yo'q deb gapiramiz sharhlarda
Manba: Davron Fayziev telegram kanali
Bosh sahifaga
169