Ibrahimovich faoliyatini yakunlamoqchi emas
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 286
"Milan" hujumchisi Zlatan Ibrahimovich ushbu mavsumda futbolchilik faoliyatini yakunlamoqchi emas, deya xabar tarqatdi "Gazzetta dello Sport" nashri.
Manbaga ko'ra, futbolchilik faoliyatini yakunlamaydi, ammo uning kelasi mavsumda qaysi jamoada o'ynashi aniq emas. Avvalroq shvetsiyalik futbolchi "Milan"ni tark etish istagida ekani haqida xabar tarqatilgan edi.
38 yoshli Ibrahimovich 2020 yilning yanvar oyida erkin agent sifatida "Milan"ga o'tib, yarim yillik shartnoma imzolagan edi. Ushbu mavsumda u milanliklar safida 10ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol urdi va bitta golga uzatma berdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!