«Tottenxem» Keynni APL klubiga sotmoqchi emas
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 260
«Tottenxem» hujumchisi Xarri Keyn yozgi transfer paytida «Manchester Yunayted»ga o'tmaydi. "Sky Sports" tarqatgan xabarga ko'ra, "shporlar" 26 yoshli futbolchi Angliya premer-ligasidagi asosiy raqiblariga sotmoqchi emas.
Avvalroq londonliklar qarzlarni yopish maqsadida Keynni 200 mln funtga sotishi mumkinligi haqida xabar tarqalgan edi. Futbolchining o'zi «Tottenxem»ni tark etishi mumkinligini istisno qilmadi. U kuchliroq jamoa safiga o'tish orqali sovrin yutishni istamoqda.
Agar Keyn 200 mln funt (225 mln evro)ga sotilsa, bu futbol tarixidagi rekord transferga aylanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!