Shota Arveladze o'zbek futbolida nimalarga erishdi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 313

Gollandiyaning “Ayaks” jamoasi safida ajoyib mavumlarni o'tkazgan hujumchi mana ikki yildan beri O'zbekistonda murabbiylik faoliyatini olib bormoqda. Qahramonimiz “Paxtakor”da faqat sovrinlarni qo'lga kiritish uchungina emas, o'zbek futbolining rivoji uchun harakat qilmoqda. Murabbiyning aytishicha, u o'zbek futbolning potentsiali naqadar yuqori ekanligini isbotlash uchun harakat qilmoqda.
“Paxtakor” o'yin uslubi haqida
“Biz Bobur Shodiev bilan birgalikda birinchi kundan boshlab nima qilmoqchi ekanliginimizni chuqur anglab ishga kirishganmiz. Biz o'zbek futbolchilarining salohiyatini oshirishni o'z oldimizga maqsad qilib qo'yganmiz.
Oldimizda jamoani bir o'yin uslubidan boshqasiga o'tkazish vazifasi turgan edi. Buning uchun bizga Portugaliya va ispaniyalik murabbiylar yordamidan foydalandik. Shu o'rinda, menga mahaliy murabbiylarning bergan yordamini ham alohida qayd edib o'tishim joiz. Bugungi o'yin falsafamizning asoschisi men va Piter Uistr sanaladi.
Men va komandam Toshkentga etib kelganida, “Paxtakor” katta muammolar girdobida qolgan edi. Jamoa ichki birinchilikda 11-pog'onada borayotgan, kubokbahslaridan chiqib ketgan edi. Bundan tashqari, klubning menejmentida ham kamchiliklar mavjud edi. Ilk mavsumimda ichki birinchilikning 16 ta uchrashuvining 14tasida g'alaba qozondik. Shu sababli musobaqani 3-o'rin bilan yakunlashga majbur bo'ldik.
OChLda nima etishmadi?
“Ba'zan biz o'yin davomida 70 foiz to'p bilan muomalada bo'lyapmiz. Hatto OChL uchrashuvlarida ham. Biz Osiyo klublariga qarshi shunday uchrashuvlar o'tkazdiki, muxlislar hayratda qolishganini yashirib o'tirishmadi.
O'tgan mavsumda biz mavsum davomida 115 ta gol kiritdik va trebl qayd etdik. Tan olishim lozim,o'tgan mavsumda biz OChLdagi eng murakkab guruhdan joy oldik. Eron etakchisi “Persepolis”, musobaqa finalchisi “As-Sadd” va Saudiya Arabistoni etakchisi “Al-Ahli” bilan kurash olib bordik. Afsuski, “o'lim guruhi”dan omon chiqishimizga biroz omad etishmadi.
Bu mavsumda klublar o'rtasidagi JChda ishtirok etgan “Al-Hilol”, “Shabab al-Ahli” jamoalari bilan to'qnash kelishimiz kerak edi. Musobaqaning ikkita turida g'alaba qozongach, “Al-Hilol” bilan to'qnash kelishimiz kerak edi, biroq virus sababli bu o'yinimiz qoldirildi”.
Terma jamoaga futbolchi tayyorlab berish haqida
“Paxtakor” futbolchilarining 7 nafari O'zbekiston olimpiya terma jamoasi safida qit'a chempionligini qo'lga kiritishida katta rol o'ynaganini alohida qayd etib o'tish lozim.
Terma jamoada yigitlarimning 10 nafari to'p surmoqda. Bundan tashqari, yana ikkita darvozabonimiz ham terma jamoadan chaqiruv olishmoqda. Shuningdek, akademiyamizdagi bir nechta yosh yigitlar sekin-asta asosiy tarkibga qo'shilib bormoqda. Quvonarlisi shundaki, akademiyamizdagi yosh futbolchilar ham tobora etilib borishmoqda.
Biz bugun bor e'tiborimizni yangi uslubga moslashishga qaratganmiz. Bu mamlakatda iqtidorli futbolchilar etarlicha topiladi. Ularda Osiyodagi barcha tan olgan Odil Ahmedov, Server Jeparov singari futbolchilar to'p surgan”.
Manba: The-AFC.com
Bosh sahifaga
265