Villian uchun "A" Seriya klubi ham kurashga qo'shildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 237

“Roma” “Chelsi”ning hujumkor yarim himoyachisi Villian uchun kurashga qo'shildi. Bu haqda Football Italia nashri yozmoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, braziliyalik vinger “ko'klar” bilan yangi shartnoma imzolamoqchi emas. Mavsum so'nggida Villian erkin agentga aylanadi. Futbolchiga shuningdek, PSJ va“Tottenxem” klublari ham qiziqish bildirmoqda.
Eslatib o'tamiz, Villian joriy mavsumda 28ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol urgan va 6ta golga assistentlik qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
271