La Liganing ikki jamoasi frantsiyalik futbolchiga qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 213
"Anje" yarim himoyachisi Batist Santamariya "Sevilya" va "Vilyarreal" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi, deb xabar bermoqda Telefoot.
Frantsiyalik futbolchi ushbu yozda jamoasini o'zgartirishni xohlamoqda.
Yarim himoyachining "Anje" bilan amaldagi shartnomasi 2022-yilning iyunigacha hisoblanadi.
Eslatib o'tamiz, Santamariya 2016-yildan beri "Anje" safida faoliyat olib bormoqda.
Ma'lumot o'rnida, ushbu mavsumda 25 yoshli futbolchi "Anje" safida 30 uchrashuvda, 1 ta gol va 1 ta gollik uzatma amalga oshirgan.
Manba: TelefootFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!