Jeparov 14 kun karantinda «o'tirib» chiqdi (foto)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 384
O'zbekiton terma jamoasi sobiq futbolchisi ayni damda O'zbekiston U-14 terma jamoasi bosh muraiyi Server Jeparov farzandi bilan 14 kunlik karantin muddatini o'tadi. Bu haqda uning o'zi “Instagram”dagi sahifasida ma'lum qildi.
“COVID-19. Maxsus jihozlangan konteynerlarda 14 kun bo'ldik. Prezidentimiz Shavkat Miromonovichga o'z halqiga g'amxo'rlik qilayotgani uchun tashakkur! Shaxsan mening fikrimcha, u er zarur bo'lgan barcha narsalar bilan jihozlangan.
4 kishi yashadik. Ikki qavatli krovat va toza to'shak. Televizor, konditsioner, hojatxona, dush, issiq va sovuq suv, shahar telefoni, choynak qaynagan suvi bilan, suv qaynatishga maxsus choynak, piyola, gigiena vositalari, tish pastasi, cho'tkalar, niqoblar, qo'lqoplar, sovun, shampun, tozalikni saqlash uchun chelak va latta bor.
Ovqat kuniga 3 mahal berildi. Kotletlar, tovuq, guruch, grechka, perlovka, makaronlar, palov, suv, salatlar, olmalar, mandarinlarning barchasi bir martalik idishlarga solingan, bu esa karantin qoidalariga rioya qilinayotganidan darak beradi. Desertga choy va shirin pechenelar, ertalabki nonushtaga esa yogurt, tuxum, bo'tqa, sariyog', pishloq, sosiskalar berildi.
Men chin dildan biz bilan birga bo'lgan shifokorlarga, xizmat ko'rsatgan xodimlarga, kundalik muammolarimizni hal qilganlarga minnatdorchilik bildiraman. Bu ular tomonidan ko'rsatilgan haqiqiy qahramonlik.
Biz buni uddaladik, bu oson emasdi. Sharoitlar yashashimizni osonlashtirdi. Yana bir bor mamlakatimiz Prezidenti hamda uning jamoasiga tashakkur. Endi men va o'g'lim uy karantinida bo'lamiz. Keling, barchamiz birgalikda pandemiyaga qarshi kurashaylik. Faqatgina shu yo'l bilan COVID-19 virusini engishimiz mumkin”, deya yozib qoldirdi Jeparov.
View this post on InstagramA post shared by Server (@djeparov8) on Apr 11, 2020 at 11:11pm PDT
Manba: www.stadion.uz.