Grizmann shifoxona uchun tibbiy jihozlar xarid qilib berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 251
«Barselona» hujumchisi Antuan Grizmann o'zi tug'ilib o'sgan Makon shahridagi shifoxonaga moliyaviy yordam ko'rsatishga qaror qildi. U shifoxonaga yurakni massaj qiladigan jihozlarni xarid qilib beradi.
«Bizga xayriya yordami berilishi haqida xabar keldi. Biz Grizmanndan yordam so'ragan edik. Bizning hududimiz koronavirus pandemiyasidan eng ko'p jabr chekdi. Antuan Makonga bog'lanib qolganini bilamiz. Shuning uchun undan madad so'radik», – deya shifoxona vakilining so'zlaridan iqtibos keltirdi "Mundo Deportivo" nashri.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!