«Nasaf» sobiq murabbiyi «Nitra»dan iste'foga chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 331
Ukrainalik murabbiy Anatoliy Demyanenko Slovakiyaning "Nitra" klubidan iste'foga chiqdi.
«Oilaviy sababga ko'ra «Nitra»dan ketishga majbur bo'ldim. Shunday bo'lganidan afsusdaman. O'zaro kelishgan holda shartnomani bekor qildik. Hech qanday kelishmovchilik yuz bermadi.
Boz ustiga, hozir vaziyat og'ir — koronavirus, karantin. Hozir Ukrainadaman. Bundan keyin nima qilish haqida hali o'ylab ko'rmadim», - dedi Demyanenko.
Eslatib o'tamiz, Anatoliy Demyanenko 2010-2011 yillarda "Nasaf" klubini boshqarib, OFK kubogi sovrinini qo'lga kiritgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!