«Energetik-BGU» ilk marta yutqazdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 303

Belarus chempionatining ushbu mavsumdagi peshqadami «Energetik-BGU» 4-tur doirasida «Torpedo-BelAZ» klubi mehmoni bo'lib, imkoniyatni boy berdi.
"Talabalar" birinchi bo'limda faol o'ynashga intilishdi, ammo yaratilgan kam sonli imkoniyatlardan foydalana olishmadi. Boz ustiga, mezbon himoyachilar o'yinni asosiy tarkibda boshlagan Yaxshiboevni yaxshi qo'riqlashdi.
Ikkinchi bo'limda mezbonlar ikkita imkoniyatdan samarali foydalanishdi. 55-daqiqada Xachaturyan, 66-daqiqada esa Gabriel Ramos mehmonlar darvozasini ishg'ol qildi.
Bahsning 59-daqiqasida Shahboz Umarovning maydonga tushishi ham «Energetik-BGU»ga naf keltirmadi. Jasur esa o'yin oxirigacha maydonda harakat qildi.
Shu tariqa, «Energetik-BGU» mavsumda ilk marta yutqazgan bo'lsa, «Torpedo-BelAZ» ochkolar bo'yicha peshqadamga etib oldi.
Belarus chempionati, 4-tur
Torpedo-BelAZ – Energetik-BGU 2:0 (0:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 55 Xachaturyan, 2:0 – 66 Gabriel Ramos.
Torpedo-BelAZ – Bushma, Ustinov, Bordachev, Yashin, Stepanov, Afanasev (Nikolaevich, 64), Xachaturyan, Premudrov, Gabriel Ramos, Antilevskiy (Lipe, 79), Gorbachik (Yusov, 62).
Energetik-BGU – Sadovskiy, Yudchits (Girs, 70), Sokol, Shkurdyuk, Svirepa, Mavatu, Nosko, Yaxshiboev, Sovpel (Umarov, 59), Tve, Atemeng (Bakich, 46).
Ogohlantirishlar: Sovpel (11), Nosko (17), Gabriel Ramos (45), Girs (77), Bakich (85).

Bosh sahifaga
204