Gabon futbol federatsiyasi rahbari Obameyangga «Arsenal»ni tark etishni maslahat berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 282

Gabon futbol federatsiyasi prezidenti Jan-Per Munguengui «Arsenal» hujumchisi Per-Emerik Obameyangga boshqa jamoaga o'tishni maslahat berdi.
«Men «Arsenal»ni o'z oldiga yuqori maqsad qo'ymaydigan jamoa deb aytmayman. Lekin Evropa haqida gap ketganda, "kanonirlar"ga nisbatan ambitsiyasi yuqori klublar bor. Shuning uchun, agar Per ambitsiyasi yuqori jamoaga o'tsa, u albatta o'z o'rnini topadi.
Individual jihatdan biz uni jahonning eng yaxshi o'yinchilaridan biri deb hisoblaymiz. Men esa unga o'z ustida ishlashda davom etgan holda, top-jamoalarning e'tiborini tortishni maslahat beraman.
Obameyang — jahon darajasidagi o'yinchi, lekin u yoki Evropadagi istalgan o'yinchi uchun futbol — jamoaviy sport turi. U esa «Arsenal»da hech qanday sovrinni qo'lga kiritmadi. Chunki, bu klubda jamoaviy muhit yaxshi emas», — dedi Munguengui.

Bosh sahifaga
222