«Betis» ayollar klubi a'zosi pandemiya paytida shifokor sifatida ishlamoqda (foto)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 275
«Betis» ayollar klubi a'zosi Ana Romero koronavirus pandemiyasi paytida shifoxonaga ishga kirdi.
«Koronavirusga qarshi kurash paytida insonlarga yordam berayotganimdan xursandman. Meni to'g'ri tushungan «Betis»ga minnatdorchilik bildiraman. Buni amalga oshirish vaqti keldi. Uyda qoling», — deya yozdi futbolchi o'zining «instagram»dagi sahifasiga.
Romero tibbiy ma'lumotga ega. U «Betis» safida 2018 yildan beri faoliyat yuritmoqda. Ana «Ayaks» safida o'ynab, ikki karra Niderlandiya chempioniga aylangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!