PFL xodimi pora olayotganda qo'lga tushdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2176

PFL Sport bo'limi mutaxassisi R.K. ta'magirlik bilan shug'ullanayotgani ma'lum bo'ldi. Bu haqda O'FA matbuot xizmati xabar berdi.
R.K. Buxoro viloyati G'ijduvon tumani "Ittifoq" jamoasini Pro-liganing "V" ligasida ishtirok etishi uchun litsenziyalashdan o'tkazib berish evaziga 2 500 AQSh dollari miqdorida pora so'ragan. Bu haqida xabar topgan O'FA Futbol faoliyatini nazorat qilish boshqarmasi Toshkent shahar prokuraturasining Iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurash departamenti bilan hamkorlikda maxsus tadbir o'tkazdi. Ana shu tadbir natijasida bugun Rodion Kondratev O'zbekiston Davlat Koservatoriyasining yonida 1 500 AQSh dollari miqdorida pora olayotgan paytda qo'lga olindi. Mazkur holat yuzasida O'zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo'zg'atish masalasi hal qilinmoqda.
Endilikda R. K. o'z qilmishi uchun qonunda belgilangan tartibda javogarlikka tortiladi. Shuningdek, R. K. bilan birgalikda mana shunday ta'magarlikka qo'l urgan jinoiy sheriklari ham qonun oldida javob beradi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
230