«Milan» sobiq o'yinchisi: «Yaxshiboev menga ma'qul kelmoqda»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 395

Belaruslik sobiq futbol yulduzi, o'z vaqtida “Milan”, “Sampdoriya”, “Parma” klublari sharafini himoya qilgan Vitaliy Kutuzov Belarus chempionatining ushbu mavsumi haqida o'z fikrini bildirib o'tdi. Jumladan, u “Energetik-BGU” hujumchisi Jasur Yaxshiboev haqida iliq fikr bildirdi.
“Energetik” safida ajoyib hujumchi bor. Nazarimda, Yaxshiboev – mavsum kashfiyoti. Bunday hujumchi hattoki BATE safida ham yo'q. Menga bu yigitning o'yini ma'qul kelmoqda. U yuqori saviyadagi futbol mahoratini namoyish qildi: aldab o'tish, jamoadoshlarini yaxshi tushunish — barchasi uyg'unlikda. Unda hali zaxira borligi ko'rinib turibdi”, — dedi Kutuzov.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
264