Yaxshiboev jarohat oldi va u ertangi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 298

Belarus chempionatining 4-turi doirasida «Energetik-BGU» safarda «Torpedo-BelAZ»ga qarshi bahs olib boradi.
«Pressbol» tarqatgan xabarga ko'ra, "talabalar" hujumchisi Jasur Yaxshiboev ertangi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin. U jamoaning so'nggi mashg'ulotida ishtirok etmagan. O'zbekistonlik futbolchi mushagida og'riq his qilgani uchun tibbiy ko'rikdan o'tishga borgan.
«Torpedo-BelAZ» – «Energetik-BGU» uchrashuvi 11 aprel, shanba kuni Toshkent vaqti bilan 18:00da boshlanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
229