«Borussiya Dortmund» La Ligadan futbolchi olib kelmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 284

Bild xabariga ko'ra, Dortmundning "Borussiya" klubi 25 yoshli Okamposni sotib olishga qiziqmoqda.
Eslatib o'tamiz, Okampos 15 mln evro evaziga 2019-yilning yozida "Marsel"dan "Sevilya"ga ko'chib o'tgan edi. Bundan oldin argentinalik futbolchi "River Pleyt", "Monako", "Jenoa" va "Milan" jamoalarida ham to'p surgan.
Ma'lumot o'rnida, ushbu mavsumda futbolchi "Sevilya" safida 22 ta uchrashuv o'tkazib, 10 ta gol urgan.
Manba: BildFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
226