Pyontek “Milan”ga o'tadigan ko'rinadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 17430

“Milan” “Jenoa”ning yosh hujumchisi Kshishtof Pyontek bilan shartnomaning shaxsiy bandlarini kelishib oldi. Bu haqda jurnalist Janluka Di Martsio xabar berdi.
Manbaga ko'ra, 23 yoshli polshalik futbolchi “Milan” bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi va yiliga 2 million evro maosh oladi. ShuningdekYu unga ma'lum miqdorda bonuslar ham va'da qilingan.
Endi “Milan” “Jenoa” bilan futbolchining narxi borasida kelishmoqchi. Futbolchining narxi 40 mln evro atrofida.
Joriy mavsumda Pyontek 21 ta o'yinda 19 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
245