"Milan" va yana 2ta klub "yangi Pogba" bilan shartnoma imzolamoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 387
“Benfika” yarim himoyachisi Florentino xizmatiga 3ta klub qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Portugaliya OAV xabar tarqatdi.
Manbaning xabariga ko'ra, futbolchini “Milan”, “Sevilya” va “Betis” klublari o'z safiga qo'shib olmoqchi. Uning transfer narxi taxminan 18 million evroga baholanmoqda.
Ma'lumot uchun, joriy mavsum Florentino Portugaliya chempionatida 7ta o'yinda maydonga tushgan. Uning “Benfika” bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilgacha mo'ljallangan.
Manba: football24.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!