«Chelsi»ning yakuniy qarori: Azar sotiladi!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 7876

“Chelsi” klubi Eden Azar borasida yakuniy qarorga keldi. Bu haqda “Le 10 Sport” xabar berdi.
Nashrga ko'ra, “aristokratlar” 28 yoshli futbolchidan tekinga ayrilishni istamayapti va uni boshqa jamoaga sotishga tayyor. Ma'lumot uchun, Eden Azar 2020 yilda yakuniga etadigan shartnomasini uzaytirishni istamadi. Agar London klubi uni sotmasa, futbolchi jamoani erkin agent sifatida tekinga tark etadi. Shu bois “Chelsi”da boshqa iloj qolmadi.
Azar uchun asosiy da'vogar “Real” bo'lib turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
258