Dena Uayt eng qiyin missiyani bajara olmadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 397
UFC prezidenti Dena Uayt rasman 18 apreldagi turnir boshqa muddatga ko'chirilganini e'lon qildi. Uayt UFC-249 pandemiya sharoitida ham o'tkazilishi uchun oxirigacha kurashdi. Biroq uning aytishicha, eng yuqoridan bo'lgan qo'ng'iroqdan so'ng to'xtashga majbur bo'lgan.
Uayt ma'lum qildiki, kard ishtirokchilariga gonorar to'lanadi. Promoushn xodimlari ham o'z ishini davom ettirishadi. Bir oy muddatdan keyin turnirlar rejalashtiriladi.
UFC rejasidagi 42 ta turnir aynan shu yilning o'zida o'tkazilishi uchun ish olib borilyapti.
Hammasi kutilgan natija bilan tugadi. Va bu to'g'ri bo'lsa kerak.
Davron Fayziev.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!