“Real Madrid” skautlari “Renn” vunderkindini “ovlashyapti”
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 278
Football Italia nashrining xabariga ko'ra, “Real Madrid” yozgi transfer oynasida “Renn” futbolchisi Eduard Kamavingani xarid qilmoqchi.
Manbaning xabariga ko'ra, “Renn” yarim himoyachisini 50 million evroga baholamoqda. Madridlikar futbolchi uchun bu summani to'lashga tayyor.
Futbolchining o'zi ham Zinedin Zidan qo'l ostida o'ynashni xohlayotganini yashirmayapti. 17 yoshli havbek joriy mavsum jamoasining asosiy tarkibida muntazam o'ynab kelmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!