Lionel Messi: «Anrining ko'ziga qarolmagan edim»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 378

«Barselona» sardori Lionel Messi 2007 yilda Terri Anrining "ko'k-anorranglilar" safiga o'tgan paytlarini yodga oldi.
«Ilk marta u kiyinish xonasiga kirib kelganida, uning ko'zlariga qaray olmagan edim. U Angliyada qanday natijalarga erishganidan xabarim bor edi. Shuning uchun Anri haqida tasavvur paydo bo'lgan edi. Keyin esa birdaniga u bizning jamoada paydo bo'ldi.
Anri menga yoqardi. U engil harakatlar bilan raqib darvozasiga yaqinlashib, gol urar edi. Natijada u o'yindagi intrigani yo'qqa chiqarardi. U menda juda yaxshi taassurot qoldirgan», — dedi Messi.
Frantsiyalik futbolchi 2007-2010 yillarda «Barselona» safida 121ta o'yinda maydonga tushib, 49ta gol urgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
297