«Inter» «Liverpul» futbolchisi bilan qiziqmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 469

Tuttomercato nashrining xabariga ko'ra, "Liverpul" yarim himoyachisi Jorjino Veynaldum "Inter" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.
Italiyaliklar yozgi transfer oynasida o'rta chiziqni kuchaytirishni rejalashtirmoqda va gollandiyalik yarim himoyachi bilan shartnoma imzolamoqchi. Milan klubi futbolchi uchun 30 mln evro to'lashga tayyor.
Eslatib o'tamiz, Veynaldumning "Liverpul" bilan amaldagi shartnomasi 2021-yilning iyunigacha hisoblanadi.
Ma'lumot o'rnida, ushbu mavsumda 29 yoshli yarim himoyachi "Liverpul" safida 38 ta uchrashuv o'tkazib, 5 ta gol urgan.
Manba: TuttomercatoFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
258