Ronaldino qanday sharoitda uy qamog'ini o'tamoqda? (foto)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 375

Ronaldino Paragvayda turmadan uy qamog'iga o'tkazilganidan xabaringiz bor. Buning uchun futbolchi 1,6 million dollar miqdorida garov puli to'ladi. 40 yoshli sobiq futbolchi sud qarori e'lon qilingunga qadar uy qamog'ini "Palmaroga" mehmonxonasida o'taydi.
Ronaldino mehmonxonada lyuks xonaga joylashtirildi. U har kun besh yulduzli otelning yuqori darajadagi xizmatlaridan foydalanmoqda: basseyn, shaxsiy oshxona, katta balkon va 55 dyumli televizor.
Eslatib o'tamiz, Roni va uning akasi Roberto soxta pasport bilan Paragvayga kirgani uchun hibsga olingan edi. Har ikkisi bir oy davomida panjara ortida o'tirishdi.







Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
267