Belgiyaning etakchi jamoalari keyingi mavsumni quyi ligada boshlashi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 411

Belgiya Qirollik futbol assotsiatsiyasining litsenziyalash qo'mitasi rasmiy veb-saytiga ko'ra, "Standard", "Ostende" va "Muskron" jamoalariga keyingi mavsumda qatnashishi uchun sertifikat berilmagan.
Klublar ushbu qarorga Belgiya Sport arbitraj sudiga shikoyat qilish imkoniyatiga ega. Agar sud ularning tarafini olmasa, ushbu jamoalar keyingi mavsumni quyi ligada davom ettirishadi.
Shuningdek, ikkinchi divizion jamoalari "Lokeren", "Ruselar", "Lommel" va "Virton"lar ham littsenziyadan o'ta olmagan.
Sud klublarning apelyatsiyalari bo'yicha yakuniy qarorni 10-maydan kechiktirmasdan qabul qilishi kerak.
Manba: www.rbfa.beFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
200