UEFA Evro-2020 mezbon shaharlar sonini kamaytirishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 278

Evropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) 2021 yilga ko'chirilgan Evropa chempionati mezbon-shaharlar sonini kamaytirishni ko'rib chiqmoqda. Bu haqda "Daily Mail" xabar tarqatdi.
Rejaga ko'ra, musobaqa Evropaning 12ta shahrida o'tkazilishi kerak edi. Ammo koronavirus pandemiyasi tufayli zarar ko'rgan Rim va Bilbao shaharlari musobaqani o'tkazishga tayyor bo'lmasligi mumkin.
Bundan tashqari, 2021 yilning yozida ba'zi stadionlarda turli tadbirlar rejalashtirilgan. Bu esa Evropa chempionati o'yinlarini o'tkazishda muammolarni keltirib chiqaradi.
Aslida Evro-2020ni butun qit'a bo'ylab o'tkazish g'oyasi UEFAning avvalgi rahbari Mishel Platiniga tegishli bo'lib, tashkilotning hozirgi prezidenti Aleksander Cheferinga ushbu reja ma'qul kelmagan. Ma'lumotlarga qaraganda, UEFA hozirda barcha 12ta mezbon shahar bilan aloqani ushlab turibdi. Tashkilot musobaqani o'tkazish bilan bog'liq ayrim o'zgarishlarga qo'l urishi mumkin. Boz ustiga, musobaqaning rasmiy taqvimi hali e'lon qilinmagan.
Evropa chempionati Evropaning 12ta shahrida o'tkazilishi kerak: Sankt-Peterburg, London, Myunxen, Boku, Rim, Buxarest, Dublin, Kopengagen, Bilbao, Glazgo, Budapesht va Amsterdam.

Bosh sahifaga
227