APL bayonot berdi: mavsum muddatidan oldin yakunlanmaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 342

Angliya Premer-ligasi «Udineze» sport direktori Perpaolo Marino tomonidan tarqatilgan APLda mavsum muddatidan avval yakunlanishi mumkinligi haqida xabarni inkor qilib chiqdi.
Marino avvalroq bergan intervyusida APL mavsumni muddatidan avval yakunlagani haqida bayonot berishga tayyorgarlik ko'rayotgani haqida aytib o'tgan edi. Biroq Premer-liga vakili bu xabar haqiqatga to'g'ri kelmasligini aytib o'tdi.
Eslatib o'tamiz, «Udineze» va Angliyaning «Uotford» klublarining egasi bir inson — italiyalik tadbirkor Jampaolo Potstso hisoblanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
239