Rasman: "Real Madrid" futbolchilarining maoshlari qisqartirildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 420

Madridning "Real" klubi koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan tanaffus sababli sportchilar va xodimlar maoshlarini qisqartirdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.
"Qirollik klubi"ning barcha futbolchilari va basketbolchilari, shuningdek rahbariyat bunga rozi bo'lishdi. Endi mavsumning qolgan qismi taqdiriga bog'liq holda maoshlar 10-20 foizga qisqartiriladi.
Eslatib o'tamiz, koronavirus pandemiyasi tufayli Ispaniya chempionati o'yinlari noma'lum muddatgacha to'xtatilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
198