APL klublari o'yinchilar bilan shartnomalarga qo'shimcha kiritishmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 365

Angliya premer-ligasi klublari kelajakda futbolchilar bilan tuziladigan shartnomalarga bazi bandlarni kiritishmoqchi.
"The Telegraph" tarqatgan xabarga ko'ra, klublar kutilmagan sabablar tufayli mavsum uzoq vaqtga to'xtab qolsa (masalan, hozirgidek — koronavirus pandemiyasi tufayli), futbolchining maoshini avtomatik ravishda kamaytirishni ko'zda tutadigan bandni kiritishmoqchi.
Hozirgi shartnomalarda esa bunday holat inobatga olinmagan bo'lib, shuning uchun klublar muammolarga duch kelishmoqda.
APL esa jamoalarga faqatgina muzokara yo'li bilan o'yinchilar maoshini qisqartirishni maslahat berdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
173