«Barselona» «Real» futbolchisini tekin qo'lga kiritmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 292
"Barselona" klubi "Real" yarim himoyachisi Sesar Xelabertga qiziqish bildirmoqda, deya xabar tarqatdi "AS" nashri.
Manbaga ko'ra, kataloniyaliklar yozgi transfer paytida uni o'z saflariga qo'shib olishmoqchi. 19 yoshli futbolchining "Qirollik klubi" bilan shartnomasi aynan yozda yakuniga etadi. Shu bois, u erkin agent sifatida "Kamp Nou"ga ko'chib o'tishi mumkin. "Barselona" 5 yildan beri ushbu iqtidor egasini kuzatib keladi.
Shuningdek, Xelabertga "Manchester Yunayted" va "Arsenal" klublari tomonidan qiziqishlar mavjud. Sesar ushbu mavsumda "Kastilya" safida 13ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!