Belarus chempionati. Yaxshiboev 3-tur ramziy jamoasidan o'rin oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 266
Belarus futbol federatsiyasi rasmiy sayti Oliy liganing 3-tur yakunlari bo'yicha ramziy terma jamoani e'lon qildi.
"Energetik-BGU" klubi a'zosi Jasur Yaxshiboev ramziy jamoaning hujum chizig'idan o'rin oldi. O'zbekistonlik futbolchi "Minsk"ga qarshi o'yinda jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qilgan edi. Bundan tashqari, Yaxshiboev mazkur o'yinning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!