Belarus chempionati istalgan paytda to'xtatilishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 178
Belarus chempionati ham koronavirus pandemiyasi sababli, istalgan paytda to'xtatib qo'yilishi mumkin. Bu haqda Belarus futbol federatsiyasi (BFF) bosh kotibi Sergey Jardetskiy ma'lumot berdi.
"Biz har kuni sport vazirligi va sog'liqni saqlash vazirligi bilan gaplashib turibmiz. Ular bizga operativ tarzda ma'lumot berishmoqda. Federatsiya rahbari sport vaziri bilan uchrashib turibdi. Biz vaziyatni nazorat ostiga olganmiz. Agar etarlicha sabablar bo'lsa, yoki qandaydir xavf sezilsa, istalgan paytda chempionatni to'xtatishimiz mumkin", - dedi Jardetskiy "Pressbol" bilan suhbatda.
Eslatib o'tamiz, Belarus chempionati Evropada koronavirus bilan bog'liq vaziyatga qaramay, ichki birinchiligi to'xtatilmagan yagona chempionat bo'lib turibdi.