«A» Seriyaning ikki jamoasi «Chelsi» futbolchisi uchun kurashadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 266
Gazzetta Dello Sport xabariga ko'ra, "Chelsi" hujumchisi Pedro "Latsio" va "Roma" qiziqishlari doirasiga tushib qolgan.
Ispaniyalik hujumchining "Chelsi" bilan shartnomasi yakunlanmoqda va Rim klublari yozda uni erkin agent sifatida shartnoma imzolashga harakat qilishadi.
Sobiq jamoadoshi Xavi murabbiylik qilayotgan Qatarning "Al-Sadd" jamoasi ham 32 yoshli futbolchini sotib olishga qiziqish bildirmoqda.
Ma'lumot o'rnida, ushbu mavsumda Pedro "Chelsi" safida 18 ta uchrashuv o'tkazib, 2 ta gol va 3 ta gollik uzatmani amalga oshirgan.
Manba: Gazzetta Dello SportFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!