Vaziyat o'zgardi: PSJ Ikardini sotib olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 229
PSJ argentinalik hujumchi Mauro Ikardini to'liq sotib olishga qaror qildi. Bu haqda Corriere dello Sport nashri yozmoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, oxirgi o'yinlarda zaxirada qolib ketishiga qaramay parijliklar futbolchi uchun 70 million evro to'lashga tayyor. Barchasi futbolchining o'ziga bog'liq. Avvalroq, Ikardining agenti va rafiqasi Vanda Nara Italiyaga qaytishni xolayotganligini aytgandi.
Ma'lumot uchun, transfer huquqi “Inter”ga tegishli bo'lgan Mauro joriy mavsumni PSJda ijarada o'tkazmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!