David Silva «Betis»ga o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 208
«Manchester Siti» yarim himoyachisi David Silvada faoliyatini davom ettirish uchun yana bir variant paydo bo'ldi.
"Daily Star" tarqatgan xabarga ko'ra, 34 yoshli futbolchi «Betis»dan taklif olgan. La liga jamoasi ispaniyalik futbolchiga 2 yillik shartnoma taklif qilmoqda.
David Silvaga Qatarning «Duhayl», Yaponiyaning «Vissel Kobe» va AQShning «Inter» klublaridan ham takliflar bor.
Eslatib o'tamiz, yarim himoyachi yozda erkin agentga aylanadi. Ushbu mavsumda u "Siti" safida barcha musobaqalar doirasida 28ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urdi va 8ta golga uzatma berdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!