Masharipov: «JChga chiqmagunimizcha tanqidlar baribir kamaymaydi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 230
Kuni kecha "Paxtakor" klubi va O'zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov "Zo'r" TV telekanalidagi "Aldama meni" ko'rsatuvi mehmoni bo'ldi.
Boshlovchi futbolchidan ko'cha-ko'yda qilinadigan tanqidlarga munosabati haqida so'radi.
"Albatta, Jahon chempionatiga chiqmagunimizgacha bunday tanqidlar bo'laveradi. Muxlislarning har biri bilan tortisha olmaysiz. Baribir ular ham achinib, O'zbekistonning JChda o'ynashini xohlab gapirishadi. Shuning uchun, tanqidga to'g'ri yondashib, ko'proq mehnat qilishimiz kerak", - dedi "Paxtakor" vingeri.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!