PSJ "Barselona"ga Neymarning narxini ma'lum qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 276
PSJ hujumchisi Neymarni yozgi transfer vaqtida sotishga qarshi emas. Bu haqda L’Eqiupe nashri yozmoqda. Futbolchi uchun “Barselona” asosiy da'vogar bo'lib turibdi.
Manbaning xabariga ko'ra, PSJ braziliyalik hujumchi transferidan 170 million evro ishlab olmoqchi. Parijliklar Neymarni 2017 yili 222 million evroga “Barselona”dan sotib olgan edi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Neymar kelajagi borasida PSJning EChLdagi natijasiga qarab bir qarorga kelishi to'g'risida xabarlar tarqalgandi.
Manba: L’EqiupeFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!