“Yuventus” Pyanichning narxini belgiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 241
Turinning “Yuventus” klubi yarim himoyachi Miralem Pyanich bilan xayrlashishga tayyor. Bu haqda Football Italia nashri yozmoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, turinliklar futbolchilarning maoshlarini qisqartirmoqchi. Pyanich yiliga 10,5 millionv evro maosh oladi.
“Yuventus” Pyanichning transferidan 45-50 million evro atrofida ishlab olmoqchi. Uning “keksa sinoralar” bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilgacha mo'ljallangan. Futbolchi uchun kurashda PSJ asosiy da'vogar bo'lib turibdi.
Manba: Football ItaliaFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!