PSJ to'purar hujumchi uchun kurashga qo'shildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 411
PSJ klubi “Seltik” hujumchisi Odson Eduar uchun kurashga qo'shildi. Bu haqda L’Eqiupe nashri xabar tarqatdi.
Ma'lumot uchun, Eduar avval ham parijliklar safida harakat qilgan, biroq 2018 yil 10,5 million evroga “Seltik”ga ko'chib o'tgandi.
Futbolchi xizmatiga shuningdek, “Arsenal”, “Chelsi” va “Nyukasl” klublari ham qiziqish bildirmoqda. Eduar uchun “qarg'alar” asosiy da'vogar bo'lib turibdi. “Nyukasl” hujumchi uchun 30 million funt to'lashga tayyor.
Eslatib o'tamiz, 22 yoshli Eduar joriy mavsum 27ta o'yinda maydonga tushib, 21ta gol urgan va 12ta golga assistentlik qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!