La liga qachon boshlanishi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 373
Ispaniya chempionati iyun oyida qayta davom ettiriladi. Bu haqda "AS" nashri xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, La liganing qayta boshlanish sanasi — 5 iyun. Shu bilan birgalikda, mavsumning qolgan 11ta tur o'yinlari tomoshabinlarsiz o'tkazilishi mumkin.
Ma'lumot o'rnida. Ispaniyada koronavirusga chalinganlar soni 130 mingdan, vafot etganlar esa 12 mingdan oshdi. Bemorlarning 38 mingdan ko'prog'i sog'aydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!