UEFA Chempionlar ligasi 3 avgustgacha yakunlanishi haqidagi xabarni inkor qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 310
UEFA matbuot xizmat Chempionlar ligasining ushbu mavsumi 3 avgustgacha yakunlanishi kerakligi haqidagi xabarni inkor qildi.
"UEFA prezidenti Aleksandr Cheferin "ZDF" telekanaliga bergan intervyusida Chempionlar ligasi 3 avgustgacha yakunlanishi haqida xabar bergani to'g'ri emas. Cheferin mavsumni yakunlashning aniq sanasini aytmagan.
Hozirda UEFA milliy chempionatlar va evrokuboklarni yakunlashning turli variantlarini tahlil qilmoqda. Barcha darajadagi musobaqalarni oxiriga etkazish uchun taqvim borasidagi masalaga echim topish kerak. Agar kerak bo'lsa, o'yinlar iyul va avgust oylarida ham o'tkazilishi mumkin", - deyiladi UEFA tarqatgan bayonotda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!