Kasilyas mavsumni qachon yakunlash kerakligini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 641
Mavsumning yakunlanishi futbol mutasaddilari uchun haqiqiy bosh og'riqqa aylandi.
Etakchi aql egalari chempionatni yakunlashga imkon beradigan formulalarni qidirishmoqda. Ispaniyalik afsonaviy darvozabon, Ispaniya Qirollik Futbol federatsiyasi (RFEF) prezidentliliga o'z nomzodini qo'yayotgan Iker Kasilyas o'z variantini aytib o'tdi.
Kasilyas faqat 3-4 oydan keyingina pandemiya bilan bog'liq vaziyat barqarorlashadi va chempionatni dekabr oyida yakunlash kerak deb hisoblamoqda. O'sha oyda Kopa del Rey finali, EChL hamda Evropa Ligasi finallari bo'lib o'tishi kerak demoqda.
Cómo solucionas las fechas de fútbol europeo? Anulas temporada? Llevas la competición a año natural? Es decir, si todo vuelve a estar bien en 3-4 meses, jugar lo que resta y poner finales coperas y de CL y EL en diciembre. El próximo @FIFAWorldCup es en NOV de 2022. Ajustes. ????
— Iker Casillas (@IkerCasillas) April 5, 2020